Sergey Shoygu Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi

  • Nashr qilingan sana : 13/05/2024 soat 02:37
Sergey Shoygu

Sergey Shoygu Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi. Tegishli farmonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzoladi. Farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi. Rossiya prezidenti Andrey Belousovni mudofaa vaziri etib tayinlashni taklif qilgan.

“Federatsiya Kengashi Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qator federal vazirlik va idoralar rahbarlari lavozimlariga taklif qilingan nomzodlarni qabul qildi.

Maslahatlashuvlar uchun quyidagilar taklif qilindi: mudofaa vaziri lavozimiga — Andrey Removich Belousov”, — deyiladi xabarda.