Afg‘onistonda kuchli suv toshqinlari oqibatida 300 dan ortiq odam halok bo‘ldi

  • Nashr qilingan sana : 13/05/2024 soat 02:41
Print
A
A
Afg‘onistonda kuchli suv toshqinlari oqibatida

BMT Jahon oziq-ovqat dasturi Afg‘onistonda kuchli mavsumiy yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 300 dan ortiq odam halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Afg‘onistonning shimoliy viloyatlari – Badaxshon, Bag‘lon, G‘ur va Hirot tabiiy ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda kamida 300 kishi halok bo‘lgan.

“Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohidning aytishicha, oqibatlarga qarshi kurashish uchun barcha mavjud resurslar jalb qilingan. Hozirda odamlarni qutqarish va evakuatsiya qilish, yaradorlarni tashish va halok bo‘lganlarni qidirish ishlari olib borilmoqda.

BMTning Xalqaro migratsiya tashkiloti 11-may kuni birgina Bag‘londa 200 dan ortiq odam halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Havo kuchlari odamlarni evakuatsiya qilgan va 100 dan ortiq jarohatlanganlar harbiy gospitallarga yetkazilgan.

 

Print
A
A