Toshkentda Botir Zokirov haykali ochildi

  • Nashr qilingan sana : 17/05/2024 soat 00:06
Print
A
A
Toshkentda Botir Zokirov haykali ochildi

Botir Zokirov haykalining ochilish marosimida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Toshkentda milliy estrada san’ati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Haykal O‘zbekiston davlat konservatoriyasi yonida barpo etildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu haykal Botir Zokirov xotirasiga o‘rnatilgan ramziy bir timsoldir.

“Ayni paytda Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’atni ravnaq toptirish yo‘lida olib borayotgan barcha islohotlarimiz va ularning amaliy natijalari bu ulug‘ ijodkorga eng munosib yodgorlik bo‘ladi”, – dedi davlat rahbari.

Botir Zokirov 1936-yilda san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. U 29 yoshida O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan. 2000-yilda “Buyuk xizmatlari uchun” va 2021-yilda “El-yurt hurmati” ordenlari bilan mukofotlangan.

Xonanda 1955-yilda, og‘ir dardga yo‘liqadi. Bir necha marta jarrohlik amaliyotlarini boshidan o‘tkazadi. Shifokorlar unga qo‘shiq aytishni taqiqlab qo‘yadi. Lekin shu ahvolda ham ijoddan, kuylashdan to‘xtamaydi.

Botir Zokirov sharq folklori va zamonaviy estrada san’atini uyg‘unlashtirib, “Muzik xoll” ijodiy jamoasini tashkil etgan, xonanda va kompozitor sifatida ko‘plab iste’dodli yoshlarga ustozlik qilgan.

«Respublikada xizmat ko‘rsatgan “Yalla” ansamblining tashkil topishida Botir Zokirovning xizmatlari beqiyosdir», – deyiladi xabarda.

 

 

Print
A
A