Rasman: Eron prezidenti vertolot qulashi oqibatida halok bo‘ldi

  • Nashr qilingan sana : 20/05/2024 soat 14:40
Print
A
A

Eron vitse-prezidenti prezident Ibrohim Raisi va uning delegatsiyasining vertolot halokatida halok bo‘lgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi.

Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy vertolot qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda «Mehr» agentligi xabar berdi.

Eron prezidentiga hamrohlik qilganlarning barchasi, jumladan, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon vertolot qulashi oqibatida halok bo‘ldi.

“Eron prezidenti va uning hamrohlari vertolot bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada halok bo‘ldi… Eron shimoli-g‘arbidagi tog‘li hududda vertolot qulashi oqibatida mamlakatimiz prezidenti Ibrohim Raisi halok bo‘ldi, o‘lganlar orasida tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon ham bor», — deyiladi agentlik xabarida.

Eron vitse-prezidenti Muhsin Mansuriy prezident Ibrohim Raisi va uning delegatsiyasining vertolot halokatida halok bo‘lgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi.

«Biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytamiz”, — deb yozgan Mansuriy dushanba kuni o‘z akkauntida xabarga Raisiy suratlarini ilova qilib.

Print
A
A