Afg‘onistonda yo‘lovchi avtobusi devorga urilishi oqibatida 5 nafar fuqaro halok bo‘ldi

  • Nashr qilingan sana : 21/05/2024 soat 23:39
Print
A
A

Afg‘onistonda yo‘lovchi avtobusi devorga urilishi oqibatida 5 nafar fuqaro halok bo‘ldi.

Halokat mamlakatning Bag‘lon viloyati hududida yuz bergan. O‘rtacha tezlikda ketayotgan avtobus yo‘l bo‘yida joylashgan fuqaro xonadoni devoriga borib urilgan.

Rasmiylar hodisa oqibatida 5 nafar fuqaro halok bo‘lganini bildirgan. Jarohatlangan 13 nafar fuqaro yaqin hududdagi kasalxonaga olib ketilgan.

Bag‘londagi manbalar hodisa 20-may kuni mahalliy vaqt bilan 02:00 da yuz berganini xabar qilgan. Holat bevosita sodir bo‘lgan Puli-Xumri shahri yaqinidagi “Transport porti” hududiga yordam guruhlari jo‘natilgan.

Kasalxonaga joylashtirilgan fuqarolar salomatligi ijobiy holatda ekani maʼlum qilingan.

Print
A
A