Belousov G’arbni KXSHT faoliyatini obro’sizlantirishga urinayotganlikda aybladi

  • Nashr qilingan sana : 1/06/2024 soat 03:39
Print
A
A

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (ODKB) perimetri bo‘ylab harbiy tahdidlarning kuchayishi kuch va vositalarni takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov Olmaotada bo‘lib o‘tgan KXSHT Mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

«Harbiy-siyosiy vaziyat tahlili shuni ko‘rsatadiki, u keskinligicha qolmoqda va tashkilot perimetri bo‘ylab harbiy tahdidlarning kuchayishi bilan tavsiflanadi», – dedi Belousov, Rossiya OAVlaridan iqtibos keltirgan holda.

Vazirning ta’kidlashicha, hozirgi sharoitda «kollektiv xavfsizlik tizimiga kiritilgan kuchlar va vositalarni, qarorlar qabul qilish mexanizmlarini aniq muvofiqlashtirish va doimiy takomillashtirish zarur».

«KXSHT doirasidagi harbiy hamkorlik samarali xavfsizlik tizimini yaratishda ustuvor ahamiyat kasb etadi. Biz uni barcha asosiy yo‘nalishlarda rivojlantirishga qaror qildik. Bu, ayniqsa, muhim, chunki G‘arb davlatlari ataylab KXSHT davlatlari o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlariga putur yetkazishga va tashkilot faoliyatini obro‘sizlantirishga harakat qiladi», — dedi Belousov.

Print
A
A