Turkiya Afg’onistondagi Bamyan universitetiga kutubxona qurib bermoqchi

  • Nashr qilingan sana : 1/06/2024 soat 23:30
Print
A
A

Turkiya Afg’onistondagi Bamyan universiteti qoshida kutubxona tashkil qilmoqchi. Shu munosabat bilan yangi quriladigan kutubxonaning poydevorini qo’yildi.

Ushbu loyiha Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKAning Kobuldagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, kutubxona 220 kvadrat metr maydonga ega bo’ladi. Unda 10 mingga yaqin kitob foydalanishga topshiriladi. Bundan tashqari, stol, stul va kitob javonlari kabi kutubxona materiallari bilan ta’minlanadi.

Kutubxonaga Otaturkning shifokori bo‘lgan va Afg‘onistonga borib, poytaxt Kobulda tibbiyot maktabining poydevorini qo‘ygan Rifqi Komil Urganing nomi beriladi.

Ushbu universitet Bamyan viloyatidagi yagona universitet bo’lib, uning qoshida kutubxona yo’q edi.

Print
A
A