“Tolibon” qancha suv yo‘qotilishini hisobga olmayapti” – xorijiy ekspert Qo‘shtepa kanali qurilishi haqida

  • Nashr qilingan sana : 4/06/2024 soat 12:58
Print
A
A

Tabiat resurslari va iqtisodiyot bo‘yicha xalqaro mutaxassis Riyeks Boschning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Afg‘onistonda qurilayotgan Qo‘shtepa kanaliga Amudaryo suvining 20 foizi jalb etiladi, bu esa O‘zbekistonning ayrim hududlarida suv tanqisligi darajasini oshirib, qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. “Nima bo‘lganda ham bunda O‘zbekiston aziyat chekishi aniq”, – deydi u Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

27-29 may kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan bir qancha rasmiy vakillari, jurnalistlar hamda xalqaro tashkilotlardan mutaxassislar ishtirok etdi.

Konferensiya doirasida qator mavzularda panel sessiyalari tashkil etildi. Xuddi shu sessiyalardan birida qatnashgan tabiat resurslari va iqtisodiyot bo‘yicha xalqaro ekspert Riyeks Bosch Kun.uz muxbiriga “Tolibon” hukumati tomonidan qurilayotgan Qo‘shtepa kanali hamda uning O‘zbekistonga ta’siri haqida gapirib berdi.

Riyeks Boschning aytishicha, bu loyihaning O‘zbekistonga salbiy ta’siri ijobiysidan ko‘proq, uning realizatsiyasi katta miqdordagi suvning isrofiga, qishloq xo‘jaligida suv tanqisligi hamda suv narxining oshishiga olib kelishi mumkin.

Print
A
A