Pokistonda O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

  • Nashr qilingan sana : 8/06/2024 soat 19:28
Print
A
A

Pokiston poytaxtida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaki bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Xabarga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati, ularni rivojlantirish istiqbollari, xususan, savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi masalalar muhokama qilindi.

Afg‘oniston tomoni O‘zbekiston prezidentiga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash, shuningdek, Afg‘oniston hududida transport va energetika sohalarida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirgan.

Afg‘oniston vaziri O‘zbekistonning Termiz shahrida afg‘on xalqiga tezkor gumanitar yordam ko‘rsatishga qaratilgan transport-logistika xabini tashkil etish tashabbusini chuqur minnatdorlik bilan qabul qildi.

Qardosh O‘zbekistonning bu harakatlari mamlakatlar va xalqlarning tarixiy va ma’naviy yaqinligini yana bir bor ifodalashi ta’kidlandi.

Shuningdek, Afg‘oniston tomoni mamlakatdagi ayollar va milliy ozchiliklar huquqlariga rioya qilish bo‘yicha ilgari bergan xalqaro va’da va majburiyatlarini bajarishi zarurligini ta’kidladi.

Print
A
A