Tojikiston “Tolibon”ning SHHT ishida ishtirok etishiga qarshi chiqdi — Rossiya TIV

  • Nashr qilingan sana : 15/06/2024 soat 16:05
Print
A
A
شانگهای

Tojikiston “Tolibon”ning SHHT ishida ishtirok etishiga qarshi chiqdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Osiyo departamenti direktori Zamir Kabulov bergan maʼlumotga asoslanib, Asia Plus manbasi xabar berdi.

Manbada aytilishicha, 2024-yil 20—21-may kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan SHHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashida “SHHT-Afg‘oniston” guruhi ishini tiklash masalasi muhokama qilingan. Bu tashabbusga hozircha faqat Tojikiston rasmiylari qarshi chiqqan.

“Rossiya va ushbu tadbir ishtirokchilarining aksariyati Afg‘oniston aloqa guruhi faoliyatini qayta tiklash tarafdori edi. Tojikistonlik hamkorlarimiz bunga hali ham maʼlum bir shubha bilan qarashadi, ammo umid qilamizki, yaqin kelajakda ular ham o‘z pozitsiyalarini yumshatadilar”, — degan Zamir Kabulov.

Print
A
A