Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yol O‘zbekiston-Koreya biznes forumida ishtirok etdi — tafsilotlar

  • Nashr qilingan sana : 15/06/2024 soat 16:09
Print
A
A
ازبکستان شوکت میرضیایف

Mirziyoyev so‘nggi yillarda Koreya Respublikasi O‘zbekiston iqtisodiyoti va sanoatini modernizatsiya qilishda muhim hamkorga aylanganini ta’kidladi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yol O‘zbekiston-Koreya biznes forumida ishtirok etdilar. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Mirziyoyev o‘z nutqida Koreya Respublikasi O‘zbekistonning an’anaviy va yirik savdo, investitsiya va texnologik hamkorlaridan biri ekanini ta’kidladi. O‘tgan yil yakunida 2,5 milliard dollarga yetgan tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar o‘sgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zbekiston iqtisodiyotidagi koreys investitsiyalari hajmi 7,5 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida yetakchilar savdo va investitsiyalarni ko‘paytirish choralarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma loyihalarni moliyalashtirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida kelishib oldilar.

Print
A
A