Mask bir qator Ukraina tashkilotlarini terrorchilik tuzilmalari deb tan olishni taklif qildi

  • Nashr qilingan sana : 15/06/2024 soat 16:23
Print
A
A
ایلان ماسک

Mask: Ukraina nodavlat tashkilotlarini terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga qo‘shish kerak.

Tadbirkor Ilon Mask AQSh Kongressining AQSh fuqarolarining «qora ro‘yxati»ni tuzadigan Ukraina nodavlat tashkilotlarini Amerika moliyalashtirishidan mahrum qilish tashabbusini olqishladi va ularni terrorchilik tuzilmalari deb tan olishni taklif qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Kongressmen Endryu Klayd Vakillar palatasi qo‘mitasi avvalroq Davlat departamenti va boshqa tashqi siyosat tuzilmalari uchun budjet loyihasiga “Amerika konservatorlarini, shu jumladan, qonunchilarni (AQSh prezidenti Jo) Baydenning Ukraina kursiga qo‘shilmagani uchun qoralaydigan” tashkilotlarga mablag‘ ajratishni taqiqlashni kiritganini ma’lum qildi.

«Bu birinchi yaxshi qadam. Ularni sanksiyalangan terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga qo‘shish kerak», — deb yozdi Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Print
A
A