O‘zbekistonda ayollar va erkaklarga teng haq to‘lanishini ta’minlash 700 ming kishini kambag‘allikdan chiqaradi — Jahon banki

  • Nashr qilingan sana : 18/06/2024 soat 18:55
Print
A
A

O‘zbekistonda ayollarning erkaklar bilan bir xil darajada maosh olishini ta’minlash 700 mingdan ortiq odamni kambag‘allikdan chiqarishga yordam beradi. Bu Jahon banki tomonidan tayyorlangan “O‘zbekistonda gender tengligi tahlili” hisobotida keltiriladi.

‘zbekistonda ayollarning erkaklar bilan bir xil darajada maosh olishini ta’minlash 700 mingdan ortiq odamni kambag‘allikdan chiqarishga yordam beradi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati moliyaviy ko‘magida Jahon banki tomonidan tayyorlangan “O‘zbekistonda gender tengligi tahlili” hisobotida aytiladi.

Ushbu hisobot turli sohalardagi, jumladan, ayollarning ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiy faoliyatdan foydalanish imkoniyati, ularni zo‘ravonlikdan himoya qilish, nikoh va ajralishlar bilan bog‘liq vaziyat, shuningdek, ayollarning mamlakat ijtimoiy hayotidagi ishtiroki kabi vaziyatni tahlil qilish orqali O‘zbekistonda gender tengligi masalalarini o‘rganadi.

Bundan tashqari, hisobotda ijtimoiy va madaniy normalar va munosabatlarning ayollar huquqlari va ularning jamiyatda qanday qabul qilinishidagi o‘rni baholanadi. Ushbu hisobotda gender tengsizligini bartaraf etish va O‘zbekistonda ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydigan inklyuziv jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar berilgan.

Print
A
A