Shveysariyadagi Ukraina sammiti natijasi nolga yaqinlashmoqda — Kreml

  • Nashr qilingan sana : 18/06/2024 soat 19:12
Print
A
A

Rossiya sammitdan oldin Ukraina inqirozini Moskva ishtirokisiz hal qilish yo‘llarini izlash mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan va befoyda ekanini aytgan edi.

Shveysariyada Ukraina bo‘yicha o‘tkazilgan konferensiya samaradorligi nolga yaqinlashmoqda, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

“Umuman olganda, ushbu uchrashuvning samaradorligi haqida gapiradigan bo‘lsak, u nolga intiladi. Albatta, bu yerda kimdir subyektiv fikr bildirishi mumkin, ammo undan hech qanday natija kutish haqida gap bo‘lishi mumkin emas», – dedi Kreml vakili.

Peskovning aytishiga ko‘ra, tadbirda ishtirok etayotgan ko‘plab davlatlar Rossiya ishtirokisiz jiddiy muhokamalar befoyda ekanini ta’kidlagan. Moskva, o‘z navbatida, bunga tayyor bo‘lgan va barcha bilan ishlashda davom etadi, dedi Peskov.

Print
A
A