Putin Xanoyda Vyetnam prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi

  • Nashr qilingan sana : 20/06/2024 soat 19:27
Print
A
A

Xanoyda Rossiya va Vyetnam prezidentlari Vladimir Putin va To Lam o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Yuqori darajadagi uchrashuv taxminan bir yarim soat davom etdi.

Tomonlar imzolangan ikki tomonlama hujjatlar almashishdi, davlat rahbarlari ommaviy axborot vositalari uchun bayonotlar berishdi.

To Lam ta’kidlaganidek, muzokaralar muvaffaqiyatli kechdi, u va Putin hamkorlikning ko‘plab yo‘nalishlari, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ochiq fikr almashishdi.

Rossiya rahbari, o‘z navbatida, savdo va sarmoyaviy hamkorlikka katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

“Tabiiyki, biz mintaqaviy kun tartibidagi qator masalalarni ko‘rib chiqdik, shuningdek, dolzarb xalqaro mavzularga ham to‘xtaldik. Rossiya va Vyetnamning ular bo‘yicha pozitsiyalari ko‘p jihatdan mos yoki yaqin ekanligini alohida ta’kidlab o‘taman”, — dedi Putin.

Rossiya davlat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Moskva va Xanoy birgalikda xalqaro huquq ustuvorligi, suverenitet, davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillarini qat’iy himoya qiladi, asosiy xalqaro platformalarda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtiradi.

Vyetnam prezidenti xalqaro muammolar haqida gapirar ekan, uning mamlakati xalqaro huquqqa asoslangan Osiyo-Tinch okeani mintaqasida teng va ajralmas xavfsizlik arxitekturasi tarafdori ekanini alohida ta’kidladi.

Shu bilan birga, u Rossiyani ustuvor sheriklardan biri deb biladi.

Print
A
A