Ozodlik fronti: Kobuldagi hujumda sakkiz nafar “Tolibon” a’zosi halok bo’ldi

  • Nashr qilingan sana : 26/06/2024 soat 13:50
Print
A
A

Afg‘oniston ozodlik fronti Kobul shahrida o‘z kuchlarining ikki hujumi oqibatida sakkiz nafar “Tolibon” a’zosi o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Maʼlum bo‘lishicha, birinchi hujum 24-iyun kuni Kobul shahridagi “Tolibon” nazorat-o‘tkazish punktiga qarata amalga oshirilgan.

Ozodlik fronti ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida “Tolibon”ning besh a’zosi o‘ldirilgan, ikki nafari yaralangan.

Kobul shahridagi ikkinchi hujumda “Tolibon” xavfsizlik kuchlarining shtab-kvartirasi hujumga uchragan, natijada guruhning uch aʼzosi o‘ldirilgan va yana bir “Tolibon” a’zosi yaralangan, — deyiladi xabarda.

Shu kuni Shom tumani aholisi ushbu hududda portlash ovozi eshitilganini ma’lum qilgan. Tolibon vakillari hozircha mazkur xabarlarga izoh bermagan.

Afg‘oniston Milliy Qarshilik Jabhasi ham 24-iyun oqshomida Kobulning 9-okrugida Tolibonga qarshi hujum uyushtirilganini e’lon qilgan va hujumda ikki “Tolibon” a’zosi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

Print
A
A