O‘zbekiston va Afg‘oniston yuk tashuvlari to‘lovlarini kamaytirish va tranzit bitimini muhokama qildi

  • Nashr qilingan sana : 11/07/2024 soat 19:38
Print
A
A

Afg‘oniston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifida yuk tashuvlar uchun to‘lov va yig‘imlarni kamaytirish hamda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi tranzit bitimi muhokama qilindi. Tomonlar Hayraton-Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha shartnoma muddatini yana 6 oyga uzaytirdi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston avtomobillarda yuk tashuvchilar uchun yig‘im va to‘lovlarni kamaytirish masalasini muhokama qildi, deb xabar qildi Transport vazirligi matbuot xizmati.

4-iyul kuni Toshkent shahrida transport vaziri Ilhom Mahkamov Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy boshchiligidagi Afg‘oniston delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida yuklarni tashishda undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni kamaytirish orqali milliy tashuvchilar uchun qulay shart sharoitlar yaratish yuzasidan fikr almashildi.

Afg‘oniston temiryo‘llari boshqarmasi “O‘zbekiston temiryo‘llari” bilan Hayraton — Mozori Sharif temir yo‘l liniyasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha shartnomani olti oyga uzaytirdi.

Afg‘oniston jamoat ishlari vazirligi vakili Muhammad Ashraf Haqshinasning so‘zlariga ko‘ra, bu “temiryo‘lda qolgan ishlarni yakunlash” imkonini beradi.

Print
A
A