BRIKSga qiziqish bildirgan barcha davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirishga tayyormiz — Putin

  • Nashr qilingan sana : 11/07/2024 soat 19:47
Print
A
A

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan BRIKS parlament forumida nutq so‘zladi.

Bir-birining manfaatlarini hisobga olish va demokratiyaga tayanish BRIKS mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik tamoyillaridir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan BRIKS parlament forumida ma’lum qildi.

“Ushbu forumning “Adolatli global rivojlanish va xavfsizlik uchun ko‘p tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda parlamentlarning roli” mavzusi juda muhim. Bugungi kunda sayyoramizda sodir bo‘layotgan global, tub o‘zgarishlarning mohiyatini ta’kidlaydi. Sizning ochiq muhokamalaringiz va xalq vakillari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatlaringiz tashkilotimiz falsafasining o‘ziga, dunyoqarash tamoyillariga to‘liq mos keladi — bir-birining manfaatlarini hisobga olish, xalqaro munosabatlarda demokratiya, suverenitetni hurmat qilish, har kimning individual rivojlanish huquqiga tayanadi», — deya qayd etdi Putin.

Davlat rahbari BRIKS tamoyillari birlashmaning barcha ishtirokchilariga yaqin va tushunarli ekanligini qo‘shimcha qildi.

Rossiyaning BRIKSga raisligidan maqsad birlashmaning barcha a’zolari rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir, dedi Vladimir Putin.

Print
A
A