O‘zbekiston jahon pasportlari reytingida olti pog‘ona yuqoriladi

  • Nashr qilingan sana : 15/07/2024 soat 13:42
Print
A
A

Dunyodagi eng kuchli pasportga ega mamlakat Singapur bo‘lsa, Afg‘oniston reytingda oxirgi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston “Henley & Partners” kompaniyasining eng kuchli pasportiga ega davlatlar reytingida olti pog‘onaga ko‘tarildi.

2024-yilgi reytingda O‘zbekiston pasporti Kuba, Mangoliya va Mozombik pasportlari bilan birgalikda 79-o‘rinni qayd etgan.

Ushbu mamlakatlar fuqarolari 64ta davlatga avvaldan viza olmay borishi mumkin.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston pasporti Qozog‘iston (67-o‘rin) va Qirg‘izistondan (78-o‘rin) keyin uchinchi o‘rinni egalladi. Tojikiston va Turkmaniston mos ravishda 82 va 90-o‘rinlarni egalladi.

Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilgi pasport indeksida olti mamlakat rekord miqdordagi yo‘nalishlarga vizasiz kirish imkoniyati tufayli birinchi o‘rinni bo‘lishdi.

Yevropaning to‘rtta davlati — Fransiya, Germaniya, Italiya va Ispaniya Yaponiya va Singapur kabi dunyodagi eng kuchli pasportlarga ega bo‘lib qo‘shilib, o‘z fuqarolariga 227ta yo‘nalishdan 194tasiga vizasiz borish imkonini beradi.

Rossiya 50-o‘rinni, Belorus esa 65-o‘rinni egalladi. Ular mos ravishda 120ta va 81ta davlatga vizasiz sayohat qilish imkoniga ega.

Afg‘oniston reytingda oxirgi 107-o‘rinni egalladi. Afg‘onistonliklar atigi 28 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin.

Print
A
A