Toshkentda O‘zbekiston-Qirg‘iziston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

  • Nashr qilingan sana : 19/07/2024 soat 01:44
Print
A
A

Forum yakunlari bo‘yicha 20 ta bitim, memorandum va savdo shartnomalari imzolandi.
Kecha, 17-iyul kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Forumda ikki mamlakat vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, viloyat hokimliklari rahbarlari va 350 nafardan ortiq ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Forumda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmida o‘sish kuzatilgani aytildi. O‘tgan yil yakuniga ko‘ra mazkur ko‘rsatkich 1 milliard dollarga yetgan. Tovar ayirboshlashning yanada oshishini ta’minlash uchun tayyor to‘qimachilik, oziq-ovqat, plastmassa, poyabzal, IT-xizmatlari, o‘g‘itlar, qurilish materiallari, maishiy texnika va farmatsevtika mahsulotlari, qoramol va mayda chorva mollari, ko‘mir, oziq-ovqat va talabga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish choralarini ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Print
A
A