Saida Mirziyoyeva Qatar elchisi bilan uchrashdi — nimalar muhokama qilindi?

  • Nashr qilingan sana : 19/07/2024 soat 01:45
Print
A
A

Muloqot davomida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish muhokama qilindi.
O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva kecha, 17-iyul kuni, Qatarning O‘zbekistondagi elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva Telegram-kanalida xabar berdi.
“Muloqot davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, ta’lim va madaniyat sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildik”, – deb yozadi Mirziyoyeva.
Ta’kidlanishicha, muloqotda, xususan, afg‘onistonlik qizlarni Termiz shahrida o‘qitish loyihasi, shuningdek, O‘zbekiston talabalari uchun Qatarning yetakchi universitetlarida tahsil olish bo‘yicha grant o‘rinlarini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Print
A
A