Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara liniyasi buzildi

  • Nashr qilingan sana : 6/08/2024 soat 20:12
Print
A
A

Ikki davlat o‘rtasidagi chegarani Amudaryodan toshgan suv yuvib ketgan.Davlatlar o‘rtasidagi chegaralar yangi strategiya bo‘yicha qayta tiklanishini ma’lum qilindi.
Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara suv toshqini tufayli yuvilib ketgani aniqlanadi. Bu haqda Afg‘oniston Energetika va suv resurslari vaziri vazifasini bajaruvchi Abdullatif Mansur ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suv toshqinlari tufayli noaniqlashib qolgan Afg‘oniston bilan Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi chegaralarni belgilash yangi strategiya bo‘yicha amalga oshiriladi.
Abdullatif Mansur Afg‘oniston rahbari ko‘rsatmalari asosida tuzilgan reja Ichki ishlar, Mudofaa vazirligi, Razvedka bosh boshqarmasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilishini ma’lum qildi.
“Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaralarimiz suv toshqinlari tufayli yuvilib ketdi. Muhimi shundaki, biz o‘tmish chegaralarini belgilash bo‘yicha muhim ishlarni amalga oshirmoqdamiz va yigirma kun avval bu masalani Afg‘oniston rahbari bilan muhokama qildik” degan u.
Vazir chegaralarni tiklash bo‘yicha yangi strategiya qanday bo‘lishiga aniqlik kiritmadi.
Shu bilan birga, Mansur Afg‘onistonning suv boshqaruvi va energiya ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyojini ta’kidlab, bu borada yirik to‘g‘onlarni qurish, suv, shamol va quyosh resurslaridan foydalanish orqali o‘zini o‘zi ta’minlashga erishishni maqsad qilganini aytdi.
Bundan tashqari, Afg‘oniston rasmiysi suv resurslarini boshqarish qo‘shni davlatlarga zarar keltirmasligini ta’kidladi.
“Bizning hech bir harakatimiz qo‘shnilarimizga zarar yetkazishga qaratilmagan va biz qo‘shnilarimizga zarar yetkazish uchun o‘zimizga tegishli ulushdan ko‘proq suv sarflaganimiz ham yo‘q”, – dedi Energetika va suv resurslari vazirligining katta maslahatchisi Faruq A’zam.

Print
A
A