Afg‘onistonda 18 yildan so‘ng to‘qimachilik fabrikasi faoliyati tiklandi

  • Nashr qilingan sana : 6/08/2024 soat 20:15

Afg‘onistonning Qandahor shahridagi to‘qimachilik fabrikasi AQSH va uning ittifoqchilari Afg‘onistonda olib borayotgan urush tufayli yuzaga kelgan 18 yillik tanaffusdan so‘ng faoliyatini qayta tikladi.
“Tolibon”ning Madaniyat va axborot departamenti maʼlumotlariga ko‘ra, 3 mingta mashinadan hozirda 400 ga yaqini Sog‘liqni saqlash, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari ehtiyojlari uchun tikuvchilik uchun, qolgan 2,6 mingtasi esa ochiq tijorat maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, deyarli 14 ming nafar ishchi talab qiladi.
Afg‘onistonning birinchi prezidenti Muhammad Dovud qo‘l ostida ochilgan zavod yiliga 7692 tonna paxtani qayta ishlash hamda yiliga 41 million metr mato ishlab chiqarish quvvatiga ega 2 ta sexni o‘z ichiga oladi, deyiladi xabarda.
Ushbu zavod 1977-yilda sovet va nemis kompaniyalari tomonidan qurilgan, ammo 2006-yilda AQSH bilan urush tufayli ishlab chiqarish to‘xtatilgan.
O‘nlab boshqa zavodlar ham xuddi shunday taqdirga duch kelgan, biroq 2021-yilda “Tolibon” hukumati hokimiyatga kelganidan keyin ishlab chiqarish asta-sekin tiklangan. Xususan, Kobuldagi “Silo-e-Markazi” davlat novvoyxonasi 30 yillik tanaffusdan so‘ng ikki yil avval ishlab chiqarishni qayta tiklagan.