O‘zbekiston va Vengriya qurg‘oqchilikka qarshi kurashishni rejalashtirmoqda

  • Nashr qilingan sana : 12/08/2024 soat 02:05
Print
A
A

Budapeshtda Qurg‘oqchilikning oldini olish instituti rahbariyati bilan O‘zbekiston-Vengriya hamkorligi masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Vengriya qurg‘oqchilikka qarshi kurashishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Turkiy davlatlar tashkiloti huzuridagi Qurg‘oqchilikning oldini olish instituti direktori, Vengriya eksportni qo‘llab-quvvatlash agentligi xalqaro bo‘limi rahbari Laslo Orlosh bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ishtirokchilar qurg‘oqchilikning oldini olish va oqibatlarini yumshatish sohasida ikki tomonlama hamkorlik, tajriba va texnologiyalar almashinuvi hamda bu boradagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi.
Tomonlar, ayniqsa, qurg‘oqchilik va cho‘llanish muammosi dolzarbligicha qolayotgan O‘zbekiston kabi mamlakatlar uchun global iqlim o‘zgarishi keltirib chiqarayotgan muammolarga qarshi birgalikda kurashish muhimligini qayd etishdi.

Print
A
A