“Noqonuniy migrantlar yil oxirigacha Eronni tark etishi kerak” — eronlik general

  • Nashr qilingan sana : 12/08/2024 soat 22:19
Print
A
A

Noqonuniy migrantlar joriy yilning oxirigacha Eronni tark etishlari kerak.
Bu haqda Eron chegara politsiyasi qo‘mondoni, brigada generali Ahmad Ali Gudarziy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu siyosat Eron xavfsizligi uchun xalqning xohish-irodasiga ko‘ra amalga oshirilmoqda.
“Ular shu paytgacha mamlakatimiz imkoniyatlaridan unumli foydalangan, endi esa Eronni tark etishlari kerak” dedi Ahmad Ali Gudarziy.
Ma’lumot uchun, Eronga keladigan migrantlarning aksariyatini Afg‘oniston fuqarolari tashkil qiladi.

Print
A
A