«Dushman munosib javob oladi»: Putinning Kursk viloyatidagi vaziyat bo‘yicha asosiy fikrlari

  • Nashr qilingan sana : 12/08/2024 soat 22:24
Print
A
A

Putin Kursk viloyatidagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
 Kiyev Kursk viloyatidagi harakatlari orqali kelajakda muzokaralardagi pozitsiyasini yaxshilashga urinmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kursk viloyatidagi vaziyat bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida ma’lum qildi.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Kursk viloyatidagi vaziyat nima uchun Kiyev rejimi Moskva va vositachilarning tinchlik takliflarini rad etganini ko‘rsatadi.
«Endi Kiyev rejimi nega bizning (mojaroni) tinch yo‘l bilan hal qilish rejasiga qaytish bo‘yicha takliflarimizni, shuningdek manfaatdor va neytral vositachilarning takliflarini rad etgani aniq bo‘ldi. Aftidan, dushman o‘zining g‘arblik xo‘jayinlari yordamida ularning irodasini amalga oshirmoqda”, — dedi Putin.
Putin tinch aholiga hujum qilganlar bilan muzokaralar olib bormasligini aytdi.
«Ko‘rinishidan, dushman kelajakda o‘zining muzokara pozitsiyasini yaxshilashga intilmoqda, ammo tinch aholiga, fuqarolik infratuzilmasiga beparvo zarba beradigan yoki atom energetikasi obyektlariga tahdid soladigan odamlar bilan qanday muzokaralar haqida gaplashishimiz mumkin? Ular bilan nima haqida gaplasha olasiz?», — dedi u.
Uning qayd etishicha, G‘arb ukrainaliklar qo‘lida Rossiya bilan urush olib bormoqda.

Print
A
A