“Tolibon” soqol qo‘ymagan 280 dan ortiq politsiyachini ishdan oldi

  • Nashr qilingan sana : 22/08/2024 soat 18:18

“Tolibon” harakati 2023-yilda soqol o‘stirish buyrug‘iga bo‘ysunmagan va shu bilan islom qonunlariga rioya etmagan 280 dan ortiq politsiyachini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Afg‘oniston idorasining yillik hisobotiga ko‘ra, islom qonunlari va afg‘on an’analariga rioya etmagan 13 mingdan ortiq kishi “axloqsiz harakatlar” uchun hibsga olingan, ularning yarmidan ko‘pi javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, 21 ming 328 ta musiqa asbobi yo‘q qilinib, mahalliy bozorlarda sotilgan “axloqsiz va nomaqbul” filmlar savdosiga chek qo‘yilgan.