Tolibon Afg‘onistonda ayollarga “vasvasaga tushmaslik va boshqalarni ham vasvasaga solmaslik” uchun yuzlari ochiq holda sahnada ko‘rinishni, shuningdek, jamoat joylariga chiqishni rasman taqiqladi. Taqiqlar Illatlar va fazilatlar to‘g‘risidagi qonunlarning birinchi deklaratsiyasiga kiritildi. Afg‘onistondagi “Tolibon” hukumati ayollarning jamoat oldida yuzi ochiq holda gapirishini va ko‘rinishini taqiqladi, deya xabar bermoqda Associated Press tegishli qonunlarga tayanib. Taqiqlar 2021-yilda hokimiyatni […] 26/08/2024 soat 18:57
“Tolibon” harakati 2023-yilda soqol o‘stirish buyrug‘iga bo‘ysunmagan va shu bilan islom qonunlariga rioya etmagan 280 dan ortiq politsiyachini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Afg‘oniston idorasining yillik hisobotiga ko‘ra, islom qonunlari va afg‘on an’analariga rioya etmagan 13 mingdan ortiq kishi “axloqsiz harakatlar” uchun hibsga olingan, ularning yarmidan ko‘pi javobgarlikka tortilgan. Bundan tashqari, 21 ming […] 22/08/2024 soat 18:18
Noqonuniy migrantlar joriy yilning oxirigacha Eronni tark etishlari kerak. Bu haqda Eron chegara politsiyasi qo‘mondoni, brigada generali Ahmad Ali Gudarziy ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu siyosat Eron xavfsizligi uchun xalqning xohish-irodasiga ko‘ra amalga oshirilmoqda. “Ular shu paytgacha mamlakatimiz imkoniyatlaridan unumli foydalangan, endi esa Eronni tark etishlari kerak” dedi Ahmad Ali Gudarziy. Ma’lumot uchun, Eronga […] 12/08/2024 soat 22:19
Parij o‘yinlarida qochqinlar Olimpiya terma jamoasi safida ishtirok etgan 21 yoshli afg‘on qizi Manija Talash 9-avgust kuni musobaqaning dastlabki saralash bosqichida “Afg‘on ayollariga ozodlik” shiorini ko‘tarib chiqqan. Bu holat esa hakamlar hayʼati hamda musobaqa tashkilotlarida eʼtirozlar paydo bo‘lishiga olib kelgan. Manbada aytilishicha, Ispaniyada yashovchi Manija Talash juma kungi saralash bahslarida gollandiyalik India Sardjoga mag‘lub bo‘lgan. […] 12/08/2024 soat 02:03
Afg‘on huquq himoyachisi qamoqxonada “Tolibon” tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchradi — The Guardian
Afg‘onistonda “Tolibon” rejimiga qarshi chiqqan mahalliy huquq himoyachisi “Tolibon” qamoqxonasida guruh vakillari tomonidan jinsiy tajovuzga uchradi. Bu haqda The Guardian xabar berdi. Nashrga ko‘ra, qurollangan shaxslar “Tolibon” qamoqxonasi devorlari ichida afg‘on huquq himoyachisini guruh bo‘lib zo‘rlagan va qiynoqqa solgan. Ular zo‘ravonlik harakatini telefonlariga suratga olishgan va keyinroq videoni jabrlanuvchiga yuborishgan. “Tolibon” agar qurbon guruhga qarshi […] 15/07/2024 soat 13:43
“Tolibon” radikal harakati joriy yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Yozgi Olimpiya o‘yinlarida afg‘onistonlik uch nafar sportchining qonuniy ishtirokini tan olishdan bosh tortdi, deb yozadi Mediazona. Tolibon hukumati sport boʻlimi rasmiy vakili Atal Mashvaniyning taʼkidlashicha, amirlikda ayollar sporti taqiqlangani bois, musobaqada davlat nomidan faqat erkaklar ishtirok etishi mumkin. Rasmiy Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Afg‘oniston rasmiylari bilan mamlakat terma […] 11/07/2024 soat 19:42
Germaniya kansleri Olaf Sholsning aytishicha, Germaniya islomiy va siyosiy maqsadlardagi hujumlar uchun jazo choralarini kuchaytiradi. Bu haqda u Bundestagda hukumat bayonoti bilan chiqish chog‘ida ma’lum qildi. “Biz bundan buyon terrorchilik jinoyatlarini ulug‘lashga toqat qilmaymiz”, — dedi Shols politsiya va favqulodda xizmatlar xodimlariga hujum qilingan hollarda jinoiy qonunlarni kuchaytirish niyatida ekanligini ta’kidladi. «Kim yordam berishni va […] 7/06/2024 soat 15:27
Turkiya Afg’onistondagi Bamyan universiteti qoshida kutubxona tashkil qilmoqchi. Shu munosabat bilan yangi quriladigan kutubxonaning poydevorini qo’yildi. Ushbu loyiha Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKAning Kobuldagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Qayd etilishicha, kutubxona 220 kvadrat metr maydonga ega bo’ladi. Unda 10 mingga yaqin kitob foydalanishga topshiriladi. Bundan tashqari, stol, stul va kitob javonlari kabi kutubxona materiallari […] 1/06/2024 soat 23:30
Afg‘onistonda yo‘lovchi avtobusi devorga urilishi oqibatida 5 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Halokat mamlakatning Bag‘lon viloyati hududida yuz bergan. O‘rtacha tezlikda ketayotgan avtobus yo‘l bo‘yida joylashgan fuqaro xonadoni devoriga borib urilgan. Rasmiylar hodisa oqibatida 5 nafar fuqaro halok bo‘lganini bildirgan. Jarohatlangan 13 nafar fuqaro yaqin hududdagi kasalxonaga olib ketilgan. Bag‘londagi manbalar hodisa 20-may kuni mahalliy vaqt […] 21/05/2024 soat 23:39
G‘or va Faryob viloyatlarida sodir bo‘lgan tabiiy ofatlar chorva mollari nobud bo‘lishiga, qishloq xo‘jaligi yerlarini suv bosishiga va minglab uylarning vayron bo‘lishiga olib keldi. Afg‘onistonda kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqini oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi. Birgina shimoliy Faryob viloyatida 19 may, yakshanbaga o‘tar kechasi 66 kishi suvga cho‘kib halok bo‘ldi, deb xabar berdi mahalliy […] 21/05/2024 soat 23:30